So’nggi yangiliklar

18:30Туркия Кубоги. "Ризеспор" "Эрзурумспор"га имкониятни бой берди, Алиқулов 90 дақиқа ўйнади 0 18:05Ўзбекистонлик спортчи иштирокидаги беллашув Octagon League'нинг 2025 йилдаги энг яхши жанги деб топилди 0 17:39Ислам Махачев нимага Арман Царукян билан реванш бекор бўлганидан афсусланмаслигини тушунтирди 0 17:17Нодирбек Абдусатторов ва Жавоҳир Синдаров Tata Steel Chess-2026 турнирида қатнашади 0 16:52"Ал Иттиҳод" Мессини исталган шартлар асосида сафига қўшиб олишга тайёр 0 16:25UFC 324 турнирининг асосий кардига ўзгариш киритилди 0 16:02"Уларга қандайдир қаттиққўл одам керак". UFC чемпиони Махачев — "Реал" ҳақида 0 15:39Полина Кудерметова ҳам Австралия очиқ чемпионатидаги илк рақибини билиб олди 0 15:17Канада томони Ўзбекистон билан ўйин бўлиб ўтишини тасдиқлади 0 14:55"Бу Хамзат учун осон пул эмас". Царукян Чимаев — Перейра эҳтимолий жангига тахмин билдирди 0 14:32Жервонта Дэвис қидирувга берилди 0 14:10Шара Буллет UFC чемпиони бўлиши мумкин бўлган ўзбекистонлик жангчи номини айтди 0 13:47Ўзбекистон футзал терма жамоаси Осиё Кубогидан олдинги охирги йиғинини бошлади 0 13:26"Агар у тайёр бўлса, нега йўқ?" Махачев Шавкат Раҳмонов билан жанг қилишга рози бўлди 0 13:05"Ҳумо" хоккей клуби 8 ёшга тўлди! 0

23 dek 13:30
Yangiliklar

Futbol

Umid Ahmadjonov: "Tartib-intizom o'rnatilmas ekan, natijalar ham salbiylashib boraveradi"

Teglar :  Umid AhmadjonovO'FF
O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan milliy chempionatda ishtirok etuvchi klub futbolchilaridan o'zbek futboli tarixida birinchi marta test-sinovlari olinayotganidan xabaringiz bor.

Bu chora-tadbirlar Superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilish, terma jamoalarimiz uchun munosib nomzodlarni etkazish maqsadida amalga oshirilmoqda.

SHu kunga qadar O'FF tomonidan tasdiqlangan reja asosida “Olmaliq”, “Mashal”, “Navbahor”, “Qo'qon-1912”, “Cementchi” klublari futbolchilari normativlarni topshirishdi. Normativlar 4ta bosqichdan iborat ekanini avval xabar qilgandik.

1. 30 metrga yugurish

2. Turgan joyidan uzunlikka sakrash

3. 7x50 metrga yugurish

4. “Yo-Yo” test

Xo'sh, milliy chempionatimizda ishtirok etuvchi klublar futbolchilarining normativlar topshirish bo'yicha natijalari qanday?

Etiboringizga raqamlarni keltirib o'tamiz. 30 metrga yugurish va uzunlikka sakrash bo'yicha hozircha 5ta klubning hech qaysi futbolchisi belgilangan normativlardan o'ta olmaganini takidlash zarur.

7x50 metrga yugurish va “Yo-Yo” test bo'yicha natijalar quyidagicha:

7x50 metrga yugurish

#

Klub nomi

Jami

qatnashganlar soni 

Normativ

topshirganlar 

Normativ

topshira olmaganlar 

Foiz

1

“Olmaliq”

32

2

30

6%

2

“Mashal”

25

4

21

16%

3

“Qo'qon-1912”

21

1

20

4%

4

“Navbahor”

15

3

12

20%

5

“Cementchi”

21

0

21

0%

"Yo-Yo" test (Signal  bo'yicha fishkalar orasida 20 m masofaga yugurish)

#

Klub nomi

Jami

qatnashganlar soni  

Normativ

topshirganlar  

Normativ topshira olmaganlar

Foiz  

1

“Olmaliq”

29

5

24

17%

2

“Mashal”

22

2

20

9%

3

“Navbahor”

13

5

8

38%

4

“Qo'qon-1912”

17

5

12

29%

5

“Cementchi”

21

2

19

9%

Normativlar topshira olmagan futbolchilarga milliy chempionat boshlangunga qadar muhlat beriladi. Ular klub bosh murabbiyi belgilab bergan dastur orqali o'z ustilarida ishlashlari kerak.

Superliga boshlanishidan avval klub futbolchilaridan yana bir bor normativlar qabul qilinadi. Sinovlardan o'ta olmagan futbolchilar chempionatda ishtirok eta olmaydilar.

Klublar futbolchilaridan normativlarni qabul qilayotgan pedagogika fanlari nomzodi, professor SHamil Iseev bu haqida quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:

“Milliy chempionatimiz futbolchilaridan normativlar qabul qilish O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonovning talabi bo'lib, bunday normativlar endilikda har doim futbolchilardan qabul qilinadi va ularning jismoniy holati nazorat qilib boriladi.

“Bunday normativlar butun dunyoda topshiriladi. Masalan, “Yo yo test” Evropaning kuchli chempionati futbolchilaridan ham mavsum oldidan olinadi va ularning tezkorligi, chidamliligi sinovdan o'tkazib turiladi. Terma jamoamizning xalqaro maydonlardagi  muvaffaqiyatsiz o'yinlarining asl sababini ham aynan mana shundan qidirish kerak.

Masalan, Jahon chempionati saralash bahslarida qatnashgan O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari o'yinlarini tahlil qiladigan bo'lsak, uchrashuv oxirlariga kelib futbolchilarning texnik-taktik harakatlar pasaygani, to'pni olib qo'yish, sheriklariga oshirish, uzun paslar berish, havodagi to'p uchun kurash va hokazolarda braklar ko'payganini ko'rish mumkin.

Bizning futbolchilar jismoniy jihatdan kuchli bo'lmaganliklari tufayli 90 daqiqa davomida faol harakat qila olishmadi. Natijada, JCH yo'llanmasi qo'ldan boy berildi. Agar milliy chempionatimizda ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati yaxshi bo'lsa, bu holat terma jamoalarimiz o'yinlariga ham ijobiy tasir ko'rsatadi”, - deydi SHamil Iseev.

O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham normativlar quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:

“Bunday normativlar bundan buyog'iga doimiy ravishda futbolchilardan olinadi. Futbolchilarning jismoniy holati hamisha nazoratda bo'ladi. Tartib-intizom hamisha birinchi o'rinda bo'lishi kerak. Qaerdaki, tartib-intizom o'rnatilmas ekan, o'sha erda natijalar ham salbiylashib boraveradi. O'z ustida ishlamaydigan, tartib-intizomga amal qilmaydigan futbolchi va murabbiylardan natija kutish ham mantiqan noto'g'ri. Bir so'z bilan aytganda, tartib-intizomga rioya qilmaydiganlarga oramizda o'rin yo'q”, - deydi Umid Ahmadjonov

Reyting:    

Fikrlar

   
25 dek 23:32:22
ibrat
Umid aka legionerlar ham normativ topshiradimi.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing