15 iyu 09:16
Yangiliklar

Umida Omonova FIDE Jahon kubogi uchinchi bosqichining eng yaxshisi deb topildi
Ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasining uch nafar vakilasi bahslarga kirishgandi. Ulardan Gulruhbegim Tohirjonova va Afruza Hamdamova ikkinchi bosqichda kuchli raqibalariga hal qiluvchi tay-brekda imkoniyatni boy berib, Jahon kubogidagi ishtiroklarini yakunlashdi. Istedodli shaxmatchimiz Umida Omonova esa birin-ketin nomdor shaxmatchilarni engib, to'rtinchi davraga yo'l oldi.
Quvonarlisi, tashkilotchilar Omonovani uchinchi bosqichning eng yaxshi shaxmatchisi deb topishdi. Umida o'ziga xos Markaziy Osiyo derbisida qozog'istonlik Elnaz Kaliaxmetni asosiy ikki partiyaning o'zida, qo'shimcha tay-breklarga hojat qoldirmagan holda 1,5:0,5 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Ertaga Umida Omonova Jahon kubogining to'rtinchi bosqichida xitoylik grossmeyster Ley Tinczega qarshi dona suradi.
Fikrlar