13 iyu 13:33
Yangiliklar

Umida Omonova FIDE Jahon kubogining uchinchi bosqichida qiyin vaziyatdan chiqib ketdi
Ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasining uch nafar etakchi vakilalari ham ishtirok etayotgandi. Hozirga kelib ulardan birgina Umida Omonova kurashni davom ettirmoqda. Dastlabki ikki bosqichda kuchli raqibalarini mag'lubiyatga uchratgan Umida uchinchi davrada qozog'istonlik Elnaz Kaliaxmetga qarshi dona surmoqda.
Elnaz ikkinchi bosqichda gruziyalik nomdor raqibasi Nino Baciashvilidan 1,5:0,5 hisobida ustun kelgandi. O'ziga xos Markaziy Osiyo derbisining ilk partiyasida Omonova qora donalarda durangga imzo chekdi. Bahs davomida juda katta ustunlikka ega bo'lib olgan Elnaz yakunda arang durang qilib oldi. Umida kuchli o'yini bilan raqibasini xato qilishga majbur eta oldi. Bugun shaxmatchilar o'rtasida ikkinchi partiya o'ynaladi va bu safar hamyurtimiz oq donalarda o'ynaydi.
Fikrlar