19 may 10:52
Yangiliklar
Umida Omonova - IV Butunjahon yoshlar o'yinlari chempioni+FOTO!
Musobaqada ishtirok etgan shaxmatchilarimizdan Umida Omonova 10 ochko jamg'arib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. U so'nggi kungi bahslarda ikkita g'alabaga erishib, 10 ochko bilan musobaqa chempioniga aylandi.
Rossiyalik Kamaliya Bulatova kumush, ruminiyalik Mixaela Trifa bronza medaliga sazovor bo'ldi. O'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarda FIDE ustasi, turnirning reyting-etakchisi rossiyalik Ruslan Murtazin g'olib bo'ldi. Franciyalik Konstantin Popov kumush, isroillik Gov (Kotlerenko) Gay bronza medali bilan taqdirlandi.
Terma jamoamizning umumiy natijasiga 7,5tadan ochko jamg'argan Samandar SHermuhammadov va Xadiyatullo Muhammedov hamda 6 ochko to'plagan Artemiy Makarkin xissa qo'shishdi.
Yakunda o'zbekistonlik yoshlar 31 ochko bilan 38 davlat jamoalari orasida ikkinchi o'rinni egallashdi. Rossiya terma jamoasi 34 ochko bilan ikkinchi, 29,5 ochkoga ega Armaniston uchinchi o'rinni egalladi.
Fikrlar