11 noy 07:14
Yangiliklar
Ummon va O'zbekiston ot sporti va yilqichilik federaciyalari o'rtasida memorandum imzolandi
O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi raisi o'rinbosari Bahrom Gaziev Ummonda ushbu mamlakat federaciyasi bilan o'zaro hamkorlik bo'yicha memorandum imzoladi.
Bahrom Gaziev Maskat shahrida Ummon Sultonligi oilasi vakili va ushbu mamlakat ot sporti federaciyasi rahbari Al Said Mansur bin Saif bin Hamad al Busaydi bilan ikki tomonlama mustahkam hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish, O'zbekistonda ot sportining endyurans va tentpegging yo'nalishlarini ham rivojlantirish, terma jamoa vakillarining tajriba almashishi uchun master-klass va seminarlar o'tkazish borasida kelishuvga erishdi.
Takidlash joiz, ushbu uchrashuv O'zbekiston Respublikasining Ummon Sultonligidagi favqulodda va muxtor elchisi Anvar Abduhalimov ko'magida tashkil etildi.
Fikrlar