04 sen 12:55
Yangiliklar
Futbol

Umtiti "Barselona"dan tekinga ketishi mumkin bo'lgan 3-o'yinchi
"Barselona" himoyachi Samuel Umtiti bilan shartnomani bekor qilish imkoniyatlarini o'rganmoqda.
"Ko'k-anorranglilar"ga 26 yoshli francuz borasida taklif kelib tushmadi, o'yinchi Kataloniya klubi yangi bosh murabbiyi Ronald Kumanning rejalariga kirmaydi.
SHunday ekan Umtiti Luis Suares va Arturo Vidaldan so'ng ushbu transferlar oynasida tekinga ketishi mumkin bo'lgan uchinchi futbolchi bo'lishi mumkin.
Oldinroq, kataloniyaliklar xavbek Ivan Rakitichni "Sevilya"ga 1,5 million evro evaziga qo'yib yuborishgan edi. Umtitining "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Fikrlar