21 iyu 10:38
Yangiliklar
Futbol
Umtiti Evro-2016dan so'ng “Barselona”ga o'tadi
Franciyaning “Lion” klubi himoyachisi Samyuel Umtiti yaqin orada “Barselona” jamoasi bilan shartnoma imzolaydi.
22 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tishi va klub bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olsa bo'lgani. Umtiti Franciya terma jamoasi Evro-2016dagi yurishini tugatganidan so'ng, “Barselona” bilan 2021 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda futbolchi “Lion” tarkibida 36ta o'yinda maydonga tushib, raqib jamoa darvozasini bir bor ishg'ol qilgan edi.
Havola :
Fikrlar