So’nggi yangiliklar

12:49Гандбол. Осиё чемпионатида кетма-кет иккинчи ғалабага эришдик! 0 12:18RAF 15 турнирининг барча натижалари: Царукян камарини ҳимоя қилди. Сехудочи? 0 11:47Арман Царукян иштирокидаги баҳс бир дақиқадан камроқ давом этди 0 11:16Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Алавес"га мағлуб бўлди 0 10:45Бокс. Бугун Жаҳон кубогида 7 нафар боксчимиз жанг қилади 0 09:34Нодирбек Абдусатторов ғалаба эвазига Лондон турнири пешқадамига айланди 0 08:03Фомин Hersonissos Challenger турнирида чемпион бўлди 0 07:32"Манчестер Юнайтед" ўз майдонида шармандали ҳисобда мағлуб бўлди 0 07:01Майкл Моралес: "Ислам Махачевдан ҳеч қандай таҳдид кўрмаяпман" 0 21:58Зокиров билан жанг қиладиган Мокаев: "UFC октагони ташқарисида ўн баробар кўпроқ пул ишлаяпман" 0 20:29Тошкентда шахмат бўйича "Ўзбекистон президенти кубоги" халқаро турнири старт олди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:51Суперлига. "Нефтчи" - Ўзбекистон чемпиони! 0 19:00Бокс. Тошкентда Жаҳон кубоги бошланди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 17:52Махачевнинг жамоаси Исламни UFC камаридан маҳрум қилиш талабига жавоб берди 0 17:30Жаҳон кубоги: Абдураҳмон Маҳмуджонов мағлуб бўлди 0

09 okt 07:56
Yangiliklar

Boshqalar

Universal jang bo'yicha O'zbekiston kubogi musobaqasi boshlandi

Poytaxtimizda universal jang bo'yicha “Sport – gender tenglik tarafdori” shiori ostida O'zbekiston kubogi musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Unda Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan 14 yoshdan 18 yoshgacha va undan katta 500 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadi. LIGHT va KLASSIK yo'nalishlarda bo'lib o'tadigan bellashuvlarda sportchilar o'z yosh toifalariga ko'ra 15 dan ortiq vaznda g'oliblik uchun kurash olib boradi.

SHu munosabat bilan bugun poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida musobaqaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi Gender tenglikni taminlash masalalari bo'yicha komissiyasi tomonidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tantanali ochilish marosimida so'zga chiqqanlar ushbu sport turi bo'yicha musobaqalar 20 yildan beri o'tkazib kelinayotgan bo'lsa-da, qisqa davr mobaynida ko'pchilikning sevimli mashg'ulotiga aylanganini alohida takidlashdi. SHuningdek, Universal jang sporti insonda matonat, chidamlilik va chaqqonlik kabi xislatlarni tarbiyalashi tilga olindi.

Yurtimizdan Universal jang bo'yicha to'rt karra jahon chempioni Alisher Abdullaev, ikki karra jahon chempioni Jamol Omonov, jahon chempioni Baxtiyor Ahmedov hamda jahon chempionati sovrindori Nodira Kazakova kabi nomdor sportchilar etishib chiqqan.

Malumot uchun, ushbu musobaqa joriy yil 19-25 oktyabr kunlari Ukrainaning Vinnica shahrida bo'lib o'tadigan Jahon kubogi oldidan tayyorgarlik jarayonini o'tab beradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing