13 iyu 12:22
Yangiliklar
Tennis
Universiada-2019. Sultonov yakkalik bahslarida finalga chiqdi
Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari o'rtasida o'tkazilayotgan Universiada-2019 o'yinlari davom etmoqda.
Tennischilarimiz musobaqada zafarli yurishlarini davom ettirishmoqda. Yakkalik bahslarida final yo'llanmasi uchun kortga chiqqan Humoyun Sultonov franciyalik Lukas Poullainni 6/0, 6/3 hisobida mag'lub etdi.
Dastlabki o'yinlarda SHri Lanka, Portugaliya va Kipr vakillarini yirik hisobda mag'lub etgan yurtdoshimiz chorak finalda amerikalik Keegan James Smitdan 6/1, 6/2 hisobidan ustun kelgan edi.
O'zbekistonning 5-raqamli raketkasi bo'lgan yosh umidli tennischimiz Humoyun Sultonov jahon reytingida 380-o'rinni egallab turibdi.
Eslatib o'tamiz, kecha Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziev tandemi yarim finalda xitoyliklarni mag'lub etib, universiadaning so'ngi bosqichiga chiqishgan edi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar