06 iyu 15:27
Yangiliklar

Universiada-2019. Yaponiya hamon peshqadam, O'zbekiston pastladi
Italiyaning Neapol shahrida XXX yozgi Universiada bahslari davom etmoqda.
Musobaqalarning ikkinchi kunidan so'ng umumjamoa hisobida hali ham yaponiyalik talabalar etakchilik qilishmoqda. Ular hisoblarida 7 ta oltin, 5 ta kumush, bitta bronza medali bor.
Ikkinchi o'ringa AQSHlik sportchilar chiqib olishdi. Hozircha amerikaliklarda 9 ta medal bor, ulardan beshtasi oltin. Kuchli uchlikni xitoylik talabalar 6 ta medal bilan yakunlab berishgan.
Kecha bo'lib o'tgan bahslardan so'ng O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 16-o'rindan 22-o'ringa tushib qoldi. Hozircha delegaciyamiz hisobida ikkita bronza medali bor va har ikkala medalni dzyudochilarimiz qo'lga kiritishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar