24 apr 17:51
Yangiliklar
Dzyudo

Universiada-2025. Dzyudo musobaqasining Respublika final bosqichi o'tkazildi
Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahri oliy talim muassasalari talabalari o'rtasidagi "Universiada-2025" musobaqasining dzyudo bahslari Respublika final bosqichiga mezbonlik qildi.
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahri oliy talim muassasalaridan saralanib kelgan jami 274 nafar talaba-sportchilar ishtirok etdi. O'g'il bolalar va qizlar 7 tadan vazn toifasida g'oliblik yo'lida tatamiga chiqishdi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, Buxoro viloyati dzyudochilari umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. Mezbonlar Surxondaryo viloyati talabalari ikkinchi o'rinni band etishgan bo'lsa, kuchli uchlikka Toshkent viloyati jamoasi yakun yasab berdi.
Havola :
Fikrlar