07 iyu 17:02
Yangiliklar
Boshqalar

Universiada. O'zbekiston pastlashda davom etmoqda, bizga oltin medal kerak
Italiyaning Neapol shahrida XXX yozgi Universiada bahslari davom etmoqda.
Musobaqalarning uchinchi kunidan so'ng umumjamoa hisobida hali ham yaponiyalik talabalar etakchilik qilishmoqda. Ularning hisoblarida 12 ta oltin, 7 ta kumush, 3 bronza medallari bor. Ikkinchi o'ringa xitoylik sportchi talabalar chiqib olishdi. Hozircha xitoyliklarda medallar soni 11 ta, to'qqiztasi oltin. Kuchli uchlikni amerikalik talabalar ettita oltin medal bilan yakunlab turishibdi. Kecha bo'lib o'tgan bahslardan so'ng hamyurtlarmiz umumjamoa hisobida yanada pastlashga majbur bo'lishdi. O'zbekiston terma jamoasi to'rtta bronza medal bilan 26- o'rinda borishmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar