08 apr 07:17
Yangiliklar

"Uotford" finalda "Manchester Siti" bilan o'ynaydi
Ekstra-taymlarga qadar borgan uchrashuvda Jerar Delofeu hal qiluvchi nuqtani qo'ygan gol muallifi bo'ldi. "Vulverxempton" bilan kechgan uchrashuvda 3:2 hisobi qayd etildi va "Uotford" jamoasi final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Angliya kubogi finalida "Uotford" va "Manchester Siti" klublari sovrin uchun bellashadi. Bahs 18 may kuni o'tkaziladi. Angliya kubogida "Manchester Siti" 5 marta g'olib chiqqan. "Uotford"ning eng yaxshi natijasi esa 1983/84 yilgi mavsumda finalga qadar etib borishi bo'lgan.
Uotford – Vulverxempton 3:2 (0:1, 2:1, 1:0)
«Uembli»
Gollar: 0:1 – 36 Doerti, 0:2 – 62 Ximenes, 1:2 – 79 Deulofeu, 2:2 – 90, penalti Dini, 3:2 – 104 Deulofeu.
Uotford – Gomes, Mariappa, Xolebas (Mazina, 98), Femeniya (Yanmat, 108), Ketkart, Xyuz (Deulofeu, 66; Sema, 112), Dukure, Kapu, Pereyra, Dini, Grey.
Vulverxempton – Raddi, Boli, Kastro (Ruben Vinagre, 105), Doerti, Koudi, Ruben Nevesh (Bennett, 86), Saiss, Diogu Jota (Kavaleyru, 89), Dendonker, Moutinyu (Traore, 102), Ximenes.
Ogohlantirishlar: Saiss (10), Ruben Nevesh (25), Ketkart (54), Xolebas (61), Kapu (101).
Fikrlar