So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

04 dek 13:04
Yangiliklar

Boshqalar

Urganchda avtoko'pkurashchilar bahs yuritishdi

Teglar :  Avto
Bugungi kunda diyorimizda bosh qomusimiz - O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasining yigirma besh yilligi munosib nishonlanyapti. Ushbu qutlug' sana munosabati bilan joylarda turli tadbirlar bo'lib o'tmoqda.

Jumladan, Urganch shahrida O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyat kengashi hamda viloyat  texnik va amaliy sport turlari markazi tashabbusi bilan  sportning avtoko'pkurash turi buyicha viloyat birinchiligi uyushtirildi. Unda vohaning 16 ta jamoasi ishtirok qildi.
O'z navbatida sportchilar avtoko'pkurash  dasturidan o'rin olgan yugurish, pnevmatik miltiqdan o'q otish va engil avtomobilni figurali haydash borasida mahoratlarini namoyish etishdi.

Musobaqaning yakuniy jadvali quyidagicha ko'rinish oldi:

18-25 yoshlilar guruhi.

1-o'rin. Hamid Qodirov(Xorazm viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi.
2-o'rin. Farrux Yusupov(SHovot tumani o'quv sport texnika klubi).
3-o'rin. Doniyor Begiev(Hazorasp avtomobil maktabi).


26-35 yoshlilar guruhi.

1-o'rin.Ruslan Jumaboev(Xorazm viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi.
2-o'rin. Murod Begiev(Hazorasp avtomobil maktabi).
3-o'rin. Rustam Sobirov (SHovot tumani o'quv sport texnika klubi).

Umumjamoa hisobida Xorazm viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi jamoasi birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rin SHovot tumani o'quv sport texnika klubi jamoasiga, uchinchi o'rin Hazorasp avtomobil maktabi jamoasiga nasib etdi.
 
Ikrom XUDOYBERGANOV


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing