18 sen 14:01
Yangiliklar
Og'ir atletika
Urganchda og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston kubogi yakunlandi + FOTO
Xorazm viloyatining Urganch shahrida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston kubogi bahslari o'z yakuniga etdi.
Musobaqada Rio-2016 yozgi Olimpiya o'yinlari chempioni Ruslan Nurudinovning chiqishi ko'plab muxlislarning diqqat markazida bo'ldi.
Nurudinov bahslarda +109 kg vazn toifasida ishtirok etdi. Andijonlik polvon dast ko'tarishda 191 kg, siltab ko'tarishda 230 kg va ikki kurash yakuni bo'yicha 421 natija qayd etib, barcha yo'nalishlarda oltin medallarga egalik qildi.
Medallar jamg'arish bo'yicha kuchli uchlik:
1. Xorazm viloyati
2. Andijon viloyati
3. Toshkent viloyati.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar