09 noy 11:00
Yangiliklar
Tennis

US Open-2015 finalchisi Roberta Vinchi faoliyatini yakunlamoqchi
Italiyalik tennischi Roberta Vinchi yaqin haftalarda o'zining professional faoliyatini yakunlashi mumkinligini malum qildi.
33 yoshli Roberta joriy tennis mavsumini WTA reytingida 18-o'rinda yakunladi. O'tgan yili u “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatining finaliga qadar etib borib, musobaqa vice-chempioniga aylangan edi.
Vinchi faoliyati mobaynida dugonasi Sara Errani bilan birga aynan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlarning juftlik bahslarida besh bor zafar quchgan. Bu yil italiyalik tennischi Sankt-Peterburgdagi turnirda bosh mukofotni qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar