06 avg 15:08
Yangiliklar

US Open 2015 vice-chempionining sovrinlari o'g'irlab ketildi
Vinchining xabar berishicha, nomalum kishilar uning uyidan faoliyati mobaynida qo'lga kiritgan sovrinlarni o'g'irlab ketishgan.
“Bir necha kun avval Tarantodagi uyimga o'g'rilar tushdi. Bosqinchilar nafaqat qimmatbaho buyumlar, balki turli yillarda qo'lga kiritgan sovrinlarimni ham olib ketishgan.
Bu kubok va sovrinlar men uchun juda ham qadrli edi. Ular har ko'rganimda menga ko'p yillik mehnatimni eslatib turardi. Kim bu ishni qilgan bo'lsa ham pastkashlikdan o'zga narsa emas”, – dedi Vinchi Instagram tarmog'idagi sahifasida.
Malumot uchun, 34 yoshli Vinchi WTA tasnifidagi turnirlarning yakkalik bahslarida 10, juftlikda esa 25 ta titulni qo'lga kiritgan edi. Ayni paytda u dunyo reytingida 37-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar