11 sen 11:11
Yangiliklar
US Open 2026. Ayollar o'rtasidagi turnirda finalchilar aniqlandi
Ayollar o'rtasidagi yakkalik bahslarida finalchilar aniqlandi. Dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko ilk finalchiga aylandi. Belaruslik tennis malikasi 1/2 finalda reytingning uchinchi pog'onasida borayotgan amerikalik Jessika Pegulani mag'lubiyatga uchratdi - 7:5, 6:2.
Tennischilar roppa-rosa 80 daqiqa kortda harakat qilishdi. Sobolenko 7, Pegula 4 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Arina 3 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Jessika bu borada bexato o'ynadi. Belaruslik tennischi qatorasiga to'rtinchi yil ham bosh sovrin uchun kortga chiqadi. U US Open turnirining amaldagi chempioni hisoblanadi.
Sobolenkoning finaldagi raqibasi dunyoning ikkinchi raketkasi Elena Ribakina bo'ladi. Qozog'istonlik tennis malikasi 1/2 finalda WTA reytingida to'rtinchi o'rinni egallab turgan Kori Gauffni uch set natijasiga ko'ra taslim etdi - 3/6, 6/4, 6/4. Ikki soatu 10 daqiqa davom etgan bahsda Ribakina 5, Gauff 4 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Bosh sovrin uchun final uchrashuvi ertaga, 12 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

Fikrlar