So’nggi yangiliklar

08:54Арман Царукян Ислам Махачевнинг рекордини янгиламоқчи 0 08:23Месси шарафига Аргентинадаги кейинги турнинг барча ўйинлари 10-дақиқада тўхтатилади 0 07:58UFC Дэн Хукерга фаолиятидаги энг катта гонорарни тўлайди 0 07:32Шевченко жароҳат олди, UFC вақтинчалик чемпионлик камари учун жанг ташкил қилади 0 07:01US Open 2026. Камилла Раҳимова 1/16 финалда. Эндиги рақиба дунёнинг 1-ракеткаси! 0 19:12АПЛ клублари бир трансфер ойнасидаги харажатлар бўйича лига рекордини янгилади 0 18:45Усик келаси йилнинг март ойида АҚШда жанг ўтказиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 18:18Магомед Анкалаев: "Пауло Коста учинчи марта мен билан жангдан бош тортди" 0 17:54Хотамбек Бойназаров кейинги жангини қачон ўтказишини айтди 0 17:27"Реал" ҳимоячиси Асенсио судланди 0 17:04Бектемир Мелиқўзиев чемпионлик жангини сўрамоқда 0 16:57Балотелли Италия футболидаги муаммоларнинг сабабларини айтди 0 16:28FIDE рейтинги янгиланди. Абдусатторов кўтарилди, Синдаровчи? 0 15:55Дана Уайт Усман Нурмагомедовнинг ҳаракатларига муносабат билдирди 0 15:23Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева US Open-2026'даги иккинчи давра баҳсини ўтказади 0

03 sen 07:01
Yangiliklar

Tennis

US Open 2026. Kamilla Rahimova 1/16 finalda. Endigi raqiba dunyoning 1-raketkasi!

Nyu-York shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg'armasi 108 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi US Open 2026 turniri davom etmoqda.

O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Kamilla Rahimova 1/64 final uchrashuvida turnirda 27-raqam ostida tasniflangan chexiyalik Barbora Kreychikovani 7/6(4), 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. Bugun o'tkazilgan 1/32 final uchrashuvida esa yana bir ajoyib g'alaba qo'lga kiritildi. 

Oltmish besh daqiqa davom etgan bahsda Rahimova ispaniyalik Oksana Selexmetevani ortiqcha qiyinchiliksiz taslim etdi - 6/3, 6/0. Hamyurtimiz bitta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Oksanada bitta qo'shxato bo'ldi, lekin eys zarbasini ijro eta olmadi. Tennischilarning o'zaro oltinchi uchrashuviga kelib Rahimova muvozanatni tikladi - 3:3. 

Taqqoslash uchun, Kamilla Rahimova ayni paytda WTA reytingida 92, Oksana Selexmeteva esa 93-o'rinni egallab turibdi. Kamillaning 1/16 finaldagi raqibasi dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko bo'ladi. Belaruslik tennis malikasi ikkinchi davrada reytingning 160-pog'onasida borayotgan rossiyalik Polina Yatchenkoni 6/1, 6/1 hisobida dog'da qoldirdi. 

Kamilla Rahimova - Arina Sobolenko uchrashuvi ertaga, 4 sentyabr kuni bizning vaqt bilan soat 20:00da boshlanadi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazadigan to'rtinchi uchrashuvi bo'ladi. Bugungacha o'tgan uchchala bahsda ham Soblenkoning qo'li baland kelgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing