05 sen 07:31
Yangiliklar
US Open 2026. Kamilla Rahimova dunyoning 1-raketkasini qiynadi. Bu ularning o'zaro to'rtinchi to'qnashuvi edi
O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Kamilla Rahimova 1/64 finalda turnirda 27-raqam ostida tasniflangan chexiyalik Barbora Kreychikovani 7/6(4), 6/2, 1/32 final bahsida ispaniyalik Oksana Selexmetevani 6/3, 6/0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Vakilamiz 1/16 finalda dunyoning birinchi raketkasi, US Open 2026 turnirining amaldagi chempioni, belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqdi. Roppa-rosa 90 daqiqa davom etgan bahsda mo'jiza ro'y bermadi, lekin Kamilla nomdor raqibasini kortda yaxshigina qiynab qo'ydi. Buni Sobolenkoning o'zi uchrashuvdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida tan oldi. Arina murosasiz uchrashuvda 6/3, 6/4 hisobida g'alaba qozonib, nimchorak final ishtirokchisiga aylandi.
Uchrashuv davomida Sobolenko 10, Rahimova 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Kamillada karrasiga ko'proq bo'ldi - 6 ga 1. Breyklar bo'yicha ham dunyoning birinchi raketkasi ustunlik qildi - 2 ga 0. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan to'rtinchi uchrashuvi sifatida tarixga kirdi - 4:0.
Taqqoslash uchun, Kamilla Rahimova ayni paytda WTA reytingida 92-o'rinni egallab turibdi. Endi Sobolenko 1/8 finalda amerikalik Teylor Taunsend hamda rossiyalik Diana SHnayder o'rtasidagi uchrashuv g'olibasiga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar