03 sen 14:05
Yangiliklar
Tennis

US Open. Fonini 24 000 dollar miqdoridagi jazoga tortildi
“Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatida ishtirok etgan italiyalik tennischi Fabio Fonini jarimaga tortildi.
U musobaqaning birinchi davrasida Stefano Travaliga qarshi kechgan bahsda ayol hakamni haqorat qilgani uchun shunday jazoga loyiq ko'rildi. Fonini bu qilmishi uchun 24 000 dollar jarima to'laydi.
Bu Fonini uchun birinchi holat emas. Italiyalik tennischi 2014 yili o'tkazilgan Uimbldon turnirida extiroslarga berilib ketgani uchun 27 500 dollar miqdoridagi jarimaga tortilgan edi..
Havola :
Fikrlar