04 sen 07:22
Yangiliklar
Tennis
US Open. Medvedev yarim final yo'llanmasiga ega chiqdi
Nyu-York shahrida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionati davom etmoqda.
Dunyoning beshinchi raketkasi Daniil Medvedev US Open musobaqasining 1/2 finaliga yo'l oldi. Rossiyalik tennischi chorak final uchrashuvida shveycariyalik Sten Vavrinkaga qarshi kortga chiqdi.
23 yoshli Daniil 2 soatu 34 daqiqa davom etgan bahsda reytingning 24-pog'onasidan joy olgan 34 yoshli Vavrinkani 7/6(6), 6/3, 3/6, 6/1 hisobida dog'da qoldirdi. Medvedevning yarim finaldagi raqibi shveycariyalik Rojer Federer yoki bolgariyalik Grigor Dimitrov bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar