30 avg 11:54
Yangiliklar
Tennis
US Open. Ostapenko ikkinchi davrada 100 daqiqalik uchrashuv o'tkazdi
Dunyoning 77-raketkasi Elena Ostapenko AQSH Ochiq chempionatining uchinchi bosqichiga yo'l oldi.
Latviyalik tennis malikasi ikkinchi davra uchashuvida amerikalik Elison Riskega qarshi kortga chiqdi. Ostapenko roppa-rosa 100 daqiqa davom etgan bahs yakunida reytingning 36-pog'onasidan joy olgan raqibasini 6/4, 6/3 hisobida taslim etdi.
Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. Endi 22 yoshli Elena US Open turnirining uchinchi davrasida rossiyalik Anna Kalinskaya yoki amerikalik Kristi Anga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar