19 iyu 09:10
Yangiliklar
Tennis

US Open - sovrin jamg'armasi 50 mln dollar bo'lgan ilk turnir!
Tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatida yana bir rekord qayd etildi.
Gap shundaki, ushbu musobaqa sovrin jamg'armasi 50 million dollardan ko'p bo'lgan tennis tarixidagi ilk turnirga aylandi. US Open turnirining umumiy sovrin jamg'armasi 50,4 million dollarga etkazildi.
Taqqoslash uchun, o'tgan yili AQSH Ochiq chempionatining mukofot jamg'armasi 46,3 million dollarni tashkil qilgandi. Bu yilgi yakkalik bahslaridagi turnir g'oliblari 3,7 million dollarga ega bo'lishadi. O'tgan yili bu summa 3,5 million dollar edi.
Birinchi davrada ishtirok etgan tennischilarning bari natijadan qatiy nazar 50 ming dollarga ega bo'lishadi. O'tgan yili bu summa 43,3 ming dollar edi.
Havola :
Fikrlar