02 apr 10:56
Yangiliklar
Tennis
US Open tashkilotchilari koronavirusdan qo'rqishmaydi
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionati 31 avgust kunidan 13 sentyabrga qadar Nyu-York shahrida o'tkazilishi lozim.
US Open tashkilotchilari bayonot bilan chiqib, koronavirus pandemiyasi sabab musobaqani boshqa muddatga ko'chirish yoki bekor qilish rejalari yo'qligini aytilshdi.
AQSH tennis federaciyasi rahbari Denni Zausnerning aytishicha, hozirgi holatda turnirni ko'chirish uchun etarlicha asos yo'q. Musobaqaning kvalifikaciya bahslari 24 avgust kuni start olishi kerak.
Takidlash joiz, ayni paytda aynan AQSH dunyoda koronavirusni yuqtirib olganlar soni bo'yicha birinchi o'rinda bormoqda. 190 mingga yaqin kishi ushbu vabo bilan kasallangan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar