04 sen 11:09
Yangiliklar
Tennis
US Open uchinchi davrasiga etib kelgan Kamilla Rahimova 15 yillik tarixni takrorladi
O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Kamilla Rahimova ikki g'alabasi evaziga US Open turnirining uchinchi bosqichiga yo'l oldi.
Bu bilan vakilamiz so'nggi 15 yil ichida ushbu natijaga erishgan ilk o'zbekistonlik tennischiga aylandi. Kamilla O'zbekiston tennis tarixida UFC Open yakkalik bahslarining uchinchi bosqichiga chiqqan ikkinchi tennischi bo'ldi. Avvalroq, 2011 yilda Akgul Amanmuradova ham aynan ushbu bosqichda ishtirok etgan edi.
Bugun Kamilla Rahimovani dunyoning birinchi raketkasi, US Open turnirining ikki karra va shu bilan birga amaldagi chempioni belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqadi. Kamilla Rahimova - Arina Sobolenko uchrashuvi bizning vaqt bilan soat 20:00da boshlanadi.

Havola :
Fikrlar