08 sen 13:00
Yangiliklar

US Open. Uilyams, Plishkova, Kerber va Voznyacki 1/2 finalda
Umumiy mukofot jamg'armasi 46 mln 300 ming dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning ayollar o'rtasidagi turnirida yarim final ishtirokchilari malum bo'ldi. Sayyoramizning birinchi raketkasi amerikalik Serena Uilyams ruminiyalik Simona Xalepni 6:2, 4:6, 6:3 hisobida mag'lub etdi.
CHexiyalik Karolina Plishkova esa xorvatiyalik dugonasi Ana Konyuxdan ikki setda ham bir xil 6:2 hisobida ustun keldi. Bir kun avval chorak final uchrashuvida daniyalik Karolin Voznyacki va germaniyalik Anjelik Kerberlar ham zafar quchib, yarim finalga yo'l olishgan edi.
US Open. Nyu-York, AQSH
29 avgust – 11 sentyabr 2016
“Katta Dubulg'a” turkumidagi turnir
Umumiy mukofot jamg'armasi – 46 300 000 dollar
CHORAK FINAL
Serena Uilyams (AQSH) – Simona Xalep (Ruminiya) 6:2, 4:6, 6:3
Karolina Plishkova (CHexiya) – Ana Konyux (Xorvatiya) 6:2, 6:2
Karolin Voznyacki (Daniya) – Anastasiya Sevastova (Latviya) 6:0, 6:2
Anjelik Kerber (Germaniya) – Roberta Vinchi (Italiya) 7:5, 6:0
Fikrlar