26 avg 10:20
Yangiliklar
Tennis
"US Open"ga qura tashlandi, Istominning raqibi malum
28-avgust - 10-sentyabr kunlari AQSHda "Ulkan toj" turkumiga kiruvchi "US Open" turniri start oladi.
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin AQSH Ochiq chempionatining birinchi turida kimga qarshi o'ynashi malum bo'ldi.
Qura natijalariga ko'ra, Istomin birinchi bosqichda ispaniyalik Albert Ramos-Vinolasga qarshi o'ynaydigan bo'ldi.
Malumot uchun, Albert Ramos-Vinolas bugungi kunda dunyo reytingida 24-o'rinni egallab turibdi. Istomin esa 85-pog'onadan joy olgan. Tomonlar bungacha bir marotaba o'zaro to'qnash kelganlar. 2015 yilda bo'lib o'tgan "Uimbldon" turnirida Denis o'yin vaqtida jarohat olgan va bahsni oxiriga etkaza olmagandi.
Agar Istomin ushbu o'yinda g'alaba qozona olsa navbatdagi bosqichda Mayu - Fuchovich juftligi g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar