24 avg 23:28
Yangiliklar
Engil atletika
Useyn Bolt koronavirusga chalindi. Uni oldiga borgan futbolchi ham infekciya yuqtirgan bo'lishi mumkin
Yugurish bo'yicha 8 karra Olimpiya chempioni Useyn Bolt koronavirus bilan zararlandi.
Bu haqda The Sun nashri malum qildi. 34 yoshli sportchi bugun ijobiy test natijasini olgan. Ayni paytda Bolt o'z-o'zini izolyaciya qilmoqda.
Takidlanishicha, Bolt o'tgan hafta tug'ilgan kunini nishonlagan. Tadbirda "Manchester Siti"ning asli yamaykalik vingeri Rahim Sterling va "Bayer" vakili Leon Beyli ham ishtirok etgani aytilmoqda. Mazkur o'yinchilar ham tez orada nazoratdan o'tishadi.
Eslatib o'tamiz, 11 karra jahon chempioni karerasini 2017 yilda yakunlagan edi.
Havola :
Manba : The Sun
Fikrlar