09 sen 08:03
Yangiliklar
Usikning jamoasi Tayson Fyurining chaqiruviga javob qaytardi
Aleksandr Usikning jamoasi Fyurining bu chaqiruvini jiddiy qabul qilmayapti. Bu haqda ukrainalik bokschining sport direktori Sergey Lapin malum qildi.
"Usik Tayson uchun zaxira varianti emas. Aleksandr har doim katta chaqiruvlarga ochiq, ammo jiddiy niyatlar matbuotdagi bayonotlar bilan emas, balki aniq takliflar bilan tasdiqlanishi kerak", – deya Lapinning so'zlarini keltirmoqda Sky Sports nashri.
"Lo'lilar qiroli" yaqinda omma oldida Usikka murojaat qilib, noyabr oyida trilogiya o'tkazishni taklif qilgandi. 2024 yilda ukrainalik bokschi britaniyalik raqibini ikki marta hakamlar qarori bilan mag'lub etgan: birinchi jangda og'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'lgan, ikkinchisida esa o'z kamarlarini himoya qilgan.
Joriy yilning yozida Aleksandr Usik o'ziga tegishli bo'lgan barcha kamarlardan voz kechdi va hozirda amerikalik Deontey Uaylder bilan muzokaralar olib bormoqda. Ular kelasi yilning mart oyida ringda to'qnashishni rejalashtirishgan.

Fikrlar