20 sen 18:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Usman Kovingtonning bugungi g'alabasi haqida fikr bildirdi
Yarim o'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Kamaru Usman Kolbi Kovingtoning bugungi erishgan g'alabasi haqida fikr bildirdi.
“Insonning jag'i cinganidan so'ng, biroz kamtarroq bo'ladi deb o'ylagandim. Lekin Kolbi bunday qilmaydi. Uni jismonan yo'q qilmagunimga qadar, Kovington shunday harakat qilishda davom etadi. Men undan qo'rqmayman, istasangiz hozirning o'zida jang qilishga tayyorman”,-dedi Kamaru.
Eslatib o'tamiz, Kolbi Kovington bugun UFC Fight Night 178 kechasida Tayron Vudlini mag'lub etishni uddalagandi. Undan avvalgi jangida esa aynan Kamaru Usmanga imkoniyatni boy berib qo'ygan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar