03 sen 20:00
Yangiliklar
Usman Nurmagomedov Yadongni urmoqchi bo'lgani haqidagi xabarlar ortidan bayonot berdi
Jang to'xtatilganidan so'ng Usman oktagonga yugurib chiqdi va g'alabani nishonlayotgan Yadong bilan deyarli to'qnashib ketdi.
«Bizga faqat taqdirimizga bitilgan narsagina etib keladi. Har qanday holatda ham Allohga hamd bo'lsin. Odamlar bu voqeadan katta fojia yasashyapti, yaxshisi, ular biroz xotirjam bo'lishsin. Bundan ancha yomonroq narsalar bor, haddan tashqari ko'p o'ylash shart emas, shunchaki dunyoda nimalar sodir bo'layotganiga qarang.
Yana men go'yoki uning raqibini urmoqchi bo'lganim haqida. Agar uni urmoqchi bo'lganimda, urgan bo'lardim. G'azabnok, maydakash va hasadgo'y insonlar, sizlarning muammoingiz shundaki, sizlarda hech qachon oilaviy munosabatlarning qadri va mehrini tushunish bo'lmagan va bo'lmaydi ham. Agar aka-uka bir-biri uchun nimani anglatishini bilmasangiz, menga emas, o'zingizga rahm qilishingiz kerak», deb yozgan Usman ijtimoiy tarmoqlarda.
Fikrlar