01 okt 08:47
Yangiliklar
Tennis

Uxan (WTA). Garsiya bosh mukofot va 487 245 dollar sohibasi
Xitoyning Uxan shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 2,36 million dollardan iborat bo'lgan nufuzli turnir yakunlandi.
WTA Premier 5 toifasiga kiruvchi ushbu musobaqada franciyalik Karolin Garsiya bosh mukofot sohibasiga aylandi. Dunyo reytingida 20-o'rinni egallab turgan Garsiya final uchrashuvida avstraliyalik Eshli Bartini 6:7(3), 7:6(4), 6:2 hisobida taslim etdi.
Final uchrashuvi 2
soatu 43 daqiqa davom etgan. Uxan Ochiq chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirok
Karolinga 487 ming 245 dollar mukofot puli hamda 900 reyting ochkosini taqdim
etdi. Bu Garsiya uchun mavsumdagi birinchi, faoliyatidagi to'rtinchi sovrin bo'ldi.
Havola :
Fikrlar