15 mar 10:30
Yangiliklar
UzA: Mashqlarda toblanayotgan yoshlar
Maktabda boks, taekvondo (WTF), badiiy gimnastika, erkin kurash, o'zbek
jang sanati, futbol, basketbol, voleybol kabi sport turlari bo'yicha
mashg'ulotlar yo'lga qo'yilgan. Sekciyalar barcha zarur inventarlar bilan
jihozlangan.
–Mashqlarda toblanayotgan yoshlarimiz turli nufuzli musobaqalarda o'z
mahoratini muvaffaqiyatli namoyish etmoqda, – deydi o'zbek jang sanati
bo'yicha murabbiy Salomat Jiemurodov. – Jumladan, joriy yil fevral oyida
Namanganda o'tkazilgan o'zbek jang sanati bo'yicha O'zbekiston chempionatida
Z.O'rozboeva birinchi, D.Allambergenova ikkinchi, M.Toremurodova va
I.Tilovberganov uchinchi o'ringa sazovor bo'ldi.
Maqsad Habibullaev (surat), O'zA
Fikrlar