01 noy 08:34
Yangiliklar
Taekvondo
"Uzbekistan Open" taekvondochilarimiz muvaffaqiyati bilan boshlandi
Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida taekvondo WT bo'yicha “Uzbekistan Open” xalqaro turnirida ilk g'oliblar nomi aniq bo'ldi.
Musobaqaning birinchi kunida erkaklar o'rtasida Mirdiyorbek Mirayimov, Kamronbek Mansurov, Asilbek Ahmedov, Behruzbek Isaev, Ozodbek Mamadaliev, Mavlonbek To'xtasinboev, Yodgorbek Jo'raboev va Marat Mavlonov oltin medalni qo'lga kiritdi.
Qizlar o'rtasida esa Gulshanoy Ismoilova, Damira Qodirqulova, Laylo Zayniddinova, Madina Mirabzalova hamda Sevinch Hayitova shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy oldi.
Eslatib o'tamiz, mazkur nufuzli musobaqada nafaqat mamlakatimiz, balki Qirg'iz Respublikasi, Tojikiston, Qozog'iston, Rossiya Federaciyasi, Hindiston, Kanada kabi jahonning o'ndan ortiq davlatlaridan kelgan 1400 nafardan ziyod taekvondochilar ishtirok etmoqda.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar