So’nggi yangiliklar

08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0 07:01"Манчестер Сити" "Ноттингем Форест"га мағлуб бўлди, Ҳусанов 90 дақиқа ўйнади + ВИДЕО 0 23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0 19:50"Мен нафас ололмай қолгандим". Топурия Гэтжи билан жангда олган жароҳатларини очиқлади 0 19:19Йен Мачадо Гэрри октагонга қайтмоқда 0 18:48Хамзат Чимаев: "Мен ҳақиқий чемпионман!" 0 18:17Фабио Каннаваро: "Агар А Серия клубидан таклиф тушса, буни..." 0 17:46Фёдор Емельяненко Хабиб Нурмагомедов билан кўргазмали жангга розилик берди 0 17:15Нодирбек Якуббоев Freestyle Friday ғолиби! 0 16:44"Бизнинг ҳикоямиз ҳали тугамади". Топурия Гэтжи билан реванш ўтказиш нияти борлигини билдирди 0 16:13Романо Аргентинага қайтиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишлар фонида Мессининг келажаги ҳақида гапириб ўтди 0 15:42Илия Топурия Ислам Махачев эҳтимолий жанг ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 15:11Хабиб Роналдунинг терма жамоадан кетиши ҳақида: "Унга қилинган муносабатни бир сўз билан ифодалаб бўлмайди" 0

12 iyu 08:25
Yangiliklar

SHaxmat

"Uzchess Cup". Abdusattorovda ketma-ket ikkinchi g'alaba, ikki Nodirbek qo'shhokim, Suyarov hamon yutqazmayapti (6-turning barcha malumotlari)

SHu kunlarda poytaxtimiz shaxmat yulduzlari ishtirokidagi "Uzchess Cup" superturniriga mezbonlik qilmoqda.

Mukofot jamg'armasi 166 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada 6-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Turnirning "Masters" va "Futures" guruhlarida hamon o'zbekistonlik shaxmatchilar yakka peshqadam bo'lib turishibdi. 

Istedodli grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev (2634) bu safar ham durangga rozi bo'ldi. Qora donalarda serbiyalik Aleksey Saranaga qarshi bahs olib borgan Yakubboev murosa yo'lini tanladi. Javohir Sindarov oq donalarda ozarbayjonlik taniqli grossmeyster SHaxriyar Mamedyarov (2734) bilan durang o'ynadi. 

Nodirbek Abdusattorov esa asosiy raqiblarining ochko yo'qotishidan unumli foydalanib qoldi. U qora donalarda o'ynashiga qaramay, xitoylik YU Yang Yini chiroyli tarzda mag'lubiyatga uchratdi. Xuddi 5-turda bo'lgani singari bu safar ham "Masters" guruhida birgina Nodirbek Abdusattorov g'alaba qozondi. Qolgan barcha partiyalarda tomonlar durangga imzo chekishdi. 

Ettinchi tur oldidan "Masters" guruhida qo'shhokimlik yuzaga keldi. Nodirbek Yakubboev va Nodirbek Abdusattorov 4 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilishyapti. Javohir Sindarov 3,5 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan. YU Yang Yi, Richard Rappord va Aleksey Sarana hisobida 3 tadan ochko bor. 

"Challengers" guruhining 6-turida ham bitta g'alaba qayd etildi. Aleksandr Predke turkiyalik Mustafa Yilmazni taslim etdi. Qolgan barcha partiyalarda durang kuzatildi. Guruh peshqadami, serbiyalik Aleksandar Indjich bu turda oq donalarda germaniyalik Aleksandr Donchenko bilan ochkolarni bo'lishib oldi. Jahongir Vohidov hindistonlik Abhijit Gupta, SHamsiddin Vohidov esa Maksim Matlakov bilan durangga rozi bo'ldi. SHamsiddin 4 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi. Peshqadam Indjichda 4,5, 3-o'rindagi Predkeda 3,5 ochko bor. 

"Futures" guruhining 6-turida ketma-ket to'rtta g'alabadan so'ng Muhammadzohid Suyarov (2430) Vitaliy Sivuk bilan durang o'ynadi. SHunga qaramay, yosh shaxmatchimiz 5 ochko bilan yakka peshqadamligini davom ettirmoqda. Hamyurtlarimiz Muhiddin Madaminov va Saidakbar Saydaliev 4 ochkodan jamg'arib, kuchli uchlikni yakunlab turishibdi. To'rtinchi pog'onadagi eronlik Bardiya Daneshvarda ham 4 ochko bor. Bu turda Madaminov o'zbek derbisida Humoyun Begmuratovdan ustun keldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing