So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

23 iyu 15:19
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup. Beshinchi tur juftliklari va turnir jadvallari bilan tanishing

Poytaxtimizda dunyo shaxmat yulduzlari ishtirokida davom etayotgan UzChess Cup turnirida biroz avval 5-tur uchrashuvlari boshlandi.

Ikkinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup turniri Masters, Challengers va Futures guruhlarida o'tkazilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan Masters guruhining 5-turida turnir jadvalida 3 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan Nodirbek Abdusattorov 1,5 ochko bilan 6-o'rinni egallab turgan hindistonlik grossmeyster Aravindh CHittambaramga qarshi oq donalarda o'ynayapti. 

Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3 ochko bilan 2-o'rindan joy olgan hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha qora donalarda eronlik Parham Maqsudlu bilan hisob-kitob qilyapti. O'tgan turda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan Javohir Sindarov oq donalarda vengriyalik Richard Rapport bilan uchrashmoqda. Hamyurtlarimiz Nodirbek Yakubboev rossiyalik jahon chempioni Yan Nepomnyashiy, SHamsiddin Vohidov esa hind Arjun Ergaisi bilan o'ynayapti. 

UzChess Cup. Masters guruhi. 5-tur juftliklari

Parham Maqsudu — Rameshbabu Praggnanandhaa 

Yan Nepomnyashiy — Nodirbek Yakubboev — 

Nodirbek Abdusattorov — Aravindh CHitambaram  

SHamsiddin Vohidov — Arjun Erigaisi 

Javohir Sindarov — Richard Rapport 

Challengers guruhida 4-turdan so'ng greciyalik Nikolas Teodorou hamda amerikalik Hong Endryu 3,5 tadan ochko jamg'arib, qo'shhokimlik qilishyapti. Hamyurtimiz Muhiddin Madaminov kechagi mag'lubiyat evaziga 2,5 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan. Jahongir Vohidov va shveciyalik Vitaliy Sivuk hisobida 2 tadan ochko bor. 

Biroz avval boshlangan 5-turda Muhiddin Madaminov o'ziga xos o'zbek derbisida Muhammadzohid Suyarovga qarshi oq donalarda bahs olib bormoqda. To'rtta turda 1 ochkogina jamg'argan Gulruhbegim Tohirjonova 5-turda oq donalarda peshqadam Teodorou bilan o'ynayapti. Jahongir Vohidov xitoylik Ma Kun, ozarbayjonlik Nijat Abasov ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchuk sinovidan o'tmoqda. 

UzChess Cup. Challengers guruhi. 5-tur juftliklari

Vitaliy Sivuk — Endryu Hong  

Muhiddin Madaminov — Muhammadzohid Suyarov 

Gulruhbegim Tohirjonova — Nikolas Teodorou 

Jahongir Vohidov — Ma Kun  

Nijat Abasov — Vasiliy Ivanchuk  

Futures guruhida 3,5 ochko bilan yakka peshqadamlik qilayotgan hamyurtimiz Ortiq Nig'matov 5-turda yana bir grossmeysterimiz Abdumalik Abdisalimovga qarshi qora donalarda o'ynayapti. Ikkinchi o'rinda borayotgan turkmanistonlik Saparmirat Atabaev hamyurtimiz Humoyun Begmuratov bilan munosabatlariga oydinlik kiritib olmoqda. 

UzChess Cup. Futures guruhi. 5-tur juftliklari

Klementi Sichev — Saidakbar Saydaliev 

Saparmirat Atabaev — Humoyun Begmuratov   

Robert Rak — Evgeniy Alekseev  

Abdimalik Abdisalimov — Ortiq Nig'matov  

Alan Pichot — Boris CHatalbashev  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing