So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

10 iyu 08:04
Yangiliklar

SHaxmat

"Uzchess Cup". Bizni 5-turda qaynoq partiyalar kutmoqda. Peshqadam shaxmatchilarimiz kimlarga qarshi dona surishadi?

SHu kunlarda poytaxtimiz shaxmat yulduzlari ishtirokidagi "Uzchess Cup" superturniriga mezbonlik qilmoqda.

Mukofot jamg'armasi 166 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada bugun 5-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Turnirning "Masters" va "Futures" guruhlarida o'zbekistonlik shaxmatchilar yakka peshqadam bo'lib turishibdi. 

Bugun istedodli grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev (2634) qora donalarda ozarbayjonlik SHaxriyar Mamedyarov (2734)ga qarshi bahs olib boradi. Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Aleksandr Grishukni sinovdan o'tkazadi. Kecha Abdusattorovni mag'lub etgan Javohir Sindarov esa qora donalarda Eronning birinchi raqamli shaxmatchisi, "Uzchess Cup" turnirida uchinchi raqam ostida tasniflangan Parham Maqsudlu bilan hisob-kitob qiladi. 

"Uzchess Cup". "Masters" guruhi. 5-tur

Richard Rapport (Ruminiya, 2715) - Aleksey Sarana (Serbiya, 2712)

Vidit Santosh Gujrathi (Hindiston, 2721) - YU Yang Yi (Xitoy, 2715)

Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2766) - Aleksandr Grishuk (FIDE, 2719)

Parham Maqsudlu (Eron, 2733) - Javohir Sindarov (O'zbekiston, 2668)

SHaxriyar Mamedyarov (Ozarbayjon, 2734) - Nodirbek Yakubboev (O'zbekiston, 2634)

"Challengers" guruhi peshqadami, serbiyalik Aleksandar Indjich 5-turda qora donalarda hindistonlik Abhijit Gupta bilan to'qnash keladi. Ikkinchi o'rinni egallab turgan shaxmatchimiz SHamsiddin Vohidov bu turda oq donalarda turkiyalik Aydin Suleymanliga qarshi bahs olib boradi. Uchinchi pog'onadagi Jahongir Vohidov germaniyalik Aleksandr Predke bilan uchrashadi. 

"Futures" guruhida 4-turdan so'ng o'zbekistonlik uch nafar shaxmatchi kuchli uchlikdan joy olib turibdi. Ketma-ket uchinchi g'alabasini qo'lga kiritgan Muhammadzohid Suyarov (2430) 3,5 ochko bilan yakka peshqadamlikni qo'lga olgan. U bugun 5-turda qora donalarda ukrainalik Vitaliy Bernardski bilan hisob-kitob qiladi. Kuchli uchlikdan joy olgan Muhiddin Madaminov ozarbayjonlik Vugar Rasulovga, Saidakbar Saydaliev esa yana bir hamyurtimiz Humoyun Begmuratovga qarshi bahs olib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing