So’nggi yangiliklar

22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0

11 iyu 13:47
Yangiliklar

SHaxmat

"Uzchess Cup". Bugun 6-turda shaxmatchilarimiz kimlarga qarshi dona surishadi? (Juftliklar)

Toshkentda shaxmat yulduzlari ishtirokidagi "Uzchess Cup" superturnir davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 166 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada bugun 6-tur partiyalari o'ynaladi. Bugungi uchrashuvlar ham soat 15:00da boshlanadi. "Masters" guruhida peshqadamlik qilayotgan Nodirbek Yakubboev (2634) qora donalarda serbiyalik Aleksey Sarana (2712)ga qarshi bahs olib boradi. 

O'tgan turda g'alaba qozongan Nodirbek Abdusattorov (2766) xitoylik YU Yang Yi (2715) bilan hisob-kitob qiladi. Javohir Sindarov (2668) bu turni oq donalarda ozarbayjonlik taniqli grossmeyster SHaxriyar Mamedyarov (2734) bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.   

"Uzchess Cup". "Masters" guruhi. 6-tur juftliklari

Aleksey Sarana (Serbiya, 2712) - Nodirbek Yakubboev (O'zbekiston, 2634)

Javohir Sindarov (O'zbekiston, 2668) - SHaxriyar Mamedyarov (Ozarbayjon, 2734) 

Aleksandr Grishuk (FIDE, 2719) - Parham Maqsudlu (Eron, 2733) 

YU Yang Yi (Xitoy, 2715) - Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2766) 

Richard Rapport (Ruminiya, 2715) - Vidit Santosh Gujrathi (Hindiston, 2721) 

"Challengers" guruhining 6-turida turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turgan SHamsiddin Vohidov (2624) qora donalarda Maksim Matlakov (FIDE, 2657) bilan to'qnash keladi. Yana bir hamyurtimiz Jahongir Vohidov (2580) oq donalarda Abhijit Gupta (Hindiston, 2589) bilan o'ynaydi. Guruh peshqadami, serbiyalik Aleksandar Indjich (2602) esa bu turda oq donalarda germaniyalik Aleksandr Donchenkoga qarshi bahs olib boradi. 

"Futures" guruhida ketma-ket 4 ta g'alabaga erishib, 4,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turgan istedodli shaxmatchimiz Muhammadzohid Suyarov (2430) 6-turda ukrainalik Vitaliy Sivuk (2569) bilan uchrashadi. Kuchli uchlikdan joy olgan Muhiddin Madaminov (2517) yana bir hamyurtimiz Humoyun Begmuratov (2429) bilan shaxmat doskasi atrofida yuzlashadi. Saidakbar Saydaliev esa (2448) eronlik Bardiya Daneshvar (2611) bilan qora donalarda o'ynaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing