So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

08 iyu 09:16
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup III. Madaminov Nomzodlar turnirining ikki karra g'olibini taslim etdi. Nodirbeklar bahsida qanday natija kuzatildi?

Poytaxtimizda mukofot jamg'armasi 121 500 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli shaxmat turniri boshlandi.

Uchinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup III musobaqasi “Masters”, “Challengers” va “Futures” guruhlarida o'tkazilmoqda. Bosh sovrin uchun dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari bahslarga kirishdi. To'qqiz turdan iborat klassik shaxmat musobaqasining 1-turidayoq shov-shuvli natija kuzatildi. 

Muhiddin Madaminov oq donalarda rossiyalik taniqli shaxmatchi, Nomzodlar turnirining ikki karra g'olibi Yan Nepomnyashiyni mag'lubiyatga uchratdi. Nodirbek Abdusattorov qora donalarda yana bir grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev bilan murosaga keldi. Yakubboev uchrashuv davomida qo'lga kiritgan ustunligidan unumli foydalana olmadi. 

SHamsiddin Vohidov oq donalarda hindistonlik Arjun Ergaisi bilan durangga imzo chekdi. Ozarbayjonlik SHaxriyar Mamedyarov hindistonlik Vidit Gujrathidan ustun keldi. Greciyalik Nikolas Teodoru amerikalik Hans Mok Niemann ustidan g'alabaga erishdi.  

Birinchi turdan so'ng Nikolas Teodoru, Muhiddin Madaminov va SHaxriyar Mamedyarov turnir jadvalida peshqadamlikni qo'lga oldi. Bugun 2-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda SHaxriyar Mamedyarovga, Muhiddin Mamadaminov oq donalarda Nikolas Teodoruga qarshi bahs olib boradi. Nodirbek Yakubboev qora donalarda Arjun Ergaisi bilan hisob-kitob qilsa, SHamsiddin Vohidovni Hans Niemannga qarshi bahs kutmoqda. 

Malumot uchun, "Masters" turniri chempioni 20 000, “Challengers” guruhi g'olibi 6 000, “Futures”da bosh sovringa ega chiqqan shaxmatchi esa 4 000 AQSH dollari miqdorida mukofot pulini qo'lga kiritadi. "Masters" turnirida ikkinchi o'rin egasi 15 000, sovrinli uchinchi pog'onadan joy olgan shaxmatchi 10 000 dollar bilan taqdirlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing