So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

09 iyu 08:04
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup III. Madaminov yana g'alaba qozondi. Ikkinchi turda durang qayd etilmadi

Poytaxtimiz mezbonligida o'tayotgan mukofot jamg'armasi 121 500 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli shaxmat turnirida 2-tur partiyalari o'ynaldi.

Uchinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup III musobaqasi “Masters”, “Challengers” va “Futures” guruhlarida o'tkazilmoqda. Bosh sovrin uchun dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari bahs olib boryapti. To'qqiz turdan iborat klassik shaxmat musobaqasining 2-turida ham Muhiddin Madaminov shov-shuvli yurishini davom ettirdi. Bu safar u reytingda o'zidan yuqorida borayotgan greciyalik grossmeyster Nikolas Teodoruni tasoim etdi.  

Nodirbek Abdusattorov birinchi turdagi durangdan keyin 2-turda ozarbayjonlik taniqli shaxmatchi, blic bo'yicha jahon chempioni, bir paytlar dunyo reytingida ikkinchi o'rinni egallagan SHaxriyar Mamedyarovni mag'lubiyatga uchratdi. Abdusattorov bilan murosaga kelgan Nodirbek Yakubboev 2-turda hindistonlik Arjun Ergaisiga yutqazib qo'ydi. 

SHamsiddin Vohidov ham bu turda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. U amerikalik Hans Mok Niemanndan engildi. Birinchi turda Madaminovga imkoniyatni boy bergan Nomzodlar turnirining ikki karra g'olibi rossiyalik Yan Nepomnyashiy hindistonlik Viditni mag'lub etdi. 

Etiborlisi, 2-turda durang natija qayd etilmadi. Bu shaxmatda kamdan-kam uchraydigan holat. Ikkinchi turdan keyin Muhiddin Madaminov yuz foizlik natija bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib oldi. Nodirbek Abdusattorov 1,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 2-o'rinni egallab turibdi. Uchinchi pog'onadagi Arjun Ergaisi hisobida ham 1,5 ochko bor. Nikolas Teodoru 1 ochko bilan 4-pog'onadan joy olgan. 

Bugun 3-turda Muhiddin Madaminov qora donalarda yana bir hamyurtimiz SHamsiddin Vohidovga qarshi bahs olib boradi. Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Vidit Gujrathi bilan hisob-kitob qiladi. Nodirbek Yakubbboev oq donalarda Hans Niemann bilan to'qnash keladi. 

Malumot uchun, "Masters" turniri chempioni 20 000, “Challengers” guruhi g'olibi 6 000, “Futures”da bosh sovringa ega chiqqan shaxmatchi esa 4 000 AQSH dollari miqdorida mukofot pulini qo'lga kiritadi. "Masters" turnirida ikkinchi o'rin egasi 15 000, sovrinli uchinchi pog'onadan joy olgan shaxmatchi 10 000 dollar bilan taqdirlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing