So’nggi yangiliklar

12:57Моуриньонинг асосий вазифаси маълум бўлди 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси “CAVA Beach Volleyball Championship” турнири ғолиби 0 11:54Svijany Open. Султоновнинг рейтингда ўзидан 213 поғона юқоридаги рақибга қарши баҳси бир сет давом этди 0 11:28Ўзбекистон - АҚШ тарихий матчи минимал устунлик билан якунланди. Накамура, Аронян, Каруана, Со сингари жаҳон юлдузлари бир неча бор мағлуб этилди 0 11:04Флик "Барселона" учун янги трансфер бўйича қарор қабул қилди 0 10:25Абдулазиз Холмирзаев Бокуда ўтказилаётган спорт курашлари бўйича U17 жаҳон чемпионатида дастлабки медалимизни келтирди 0 09:49Mubadala DC Open. Кудерметова дунёнинг 40-ракеткасини мағлуб этди 0 09:21Шара Буллет Нурсултон Рўзибоев ўрнига Пейж билан жанг қилишга тайёр 0 08:53Европа ассоциациялари ФИФАга бойкот эълон қилиши мумкин 0 08:18Ярим оғир вазнда ҳам UFC рейтинги янгилади: Богдан Гусков Топ-10`даги ўрнини сақлаб қолдими? 0 21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0

13 iyu 11:46
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup III. Madaminovda to'rtinchi g'alaba, uch o'zbek yigiti Top-3`talikda!

Poytaxtimiz mezbonligida o'tayotgan mukofot jamg'armasi 121 500 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli shaxmat turnirida 6-tur ortda qoldi.

Uchinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup III musobaqasi “Masters”, “Challengers” va “Futures” guruhlarida o'tkazilmoqda. Bosh sovrin uchun dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari bahs olib boryapti. 

To'qqiz turdan iborat klassik shaxmat musobaqasining kashfiyotiga aylangan Muhiddin Madaminov ketma-ket ikkinchi, musobaqadagi to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Bu safar u hindistonlik grossmeyster Vidit Santosh Gujrathini taslim eta oldi. “Masters” guruhidagi qolgan uch grossmeysterimiz 6-turda raqiblari bilan durang o'ynashdi. 

SHamsiddin Vohidov o'zbek derbisida Nodirbek Yakubboev bilan murosaga keldi. Nodirbek Abdusattorov qora donalarda amerikalik Hans Mok Niemann bilan ochkolarni bo'lishib oldi. Rossiyalik Yan Nepomnyashiy omadsizliklardan keyin nihoyat bu turda hindistonlik Arjun Erigaisini mag'lubiyatga uchratdi. Greciyalik Nikolas Teodoru blic bo'yicha jahon chempioni ozarbayjonlik SHaxriyar Mamedyarovga yutqazib qo'ydi.  

Oltinchi turdan keyin turnir jadvalida SHamsiddin Vohidov va Muhiddin Madaminov 4 ochkodan jamg'arib, qo'shhokim bo'lib olishdi. Nodirbek Abdusattorov 3,5 ochko bilan sof uchinchi o'rinni band etgan. Arjun Erigaisi, Hans Niemann, SHaxriyar Mamedyarov, Yan Nepomnyashiy, Nodirbek Yakubboev hisobida 3 ochkodan bor. Nikolas Teodoru 2 ochko bilan 9-pog'onadan joy olgan bo'lsa, Vidit Santosh 1,5 ochko jamg'argan holda so'nggi o'rinni band etgan. 

Bugun 7-turda bizni ajoyib o'zbek derbisi kutib turibdi - Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovning sekundant-murabbiyi Muhiddin Madaminovga qarshi! SHamsiddin Vohidov qora donalarda SHaxriyar Mamedyarov bilan o'ynasa, Nodirbek Yakubboev oq donalarda Yan Nepomnyashiyga qarshi bahs olib boradi. 

Malumot uchun, "Masters" turniri chempioni 20 000, “Challengers” guruhi g'olibi 6 000, “Futures”da bosh sovringa ega chiqqan shaxmatchi esa 4 000 AQSH dollari miqdorida mukofot pulini qo'lga kiritadi. "Masters" turnirida ikkinchi o'rin egasi 15 000, sovrinli uchinchi pog'onadan joy olgan shaxmatchi 10 000 dollar bilan taqdirlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing