So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

12 iyu 09:44
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup III. Qoyil! Madaminov Mamedyarovni, Vohidov Nepomnyashiyni mag'lub etdi. SHamsiddin yakka peshqadam!

Poytaxtimiz mezbonligida o'tayotgan mukofot jamg'armasi 121 500 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli shaxmat turnirida 5-tur partiyalari o'ynaldi.

Uchinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup III musobaqasi “Masters”, “Challengers” va “Futures” guruhlarida o'tkazilmoqda. Bosh sovrin uchun dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari bahs olib boryapti. 

To'qqiz turdan iborat klassik shaxmat musobaqasining dastlabki ikki turida nomdor raqiblarini mag'lub etib, katta shov-shuv ko'targan Muhiddin Madaminov ketma-ket ikkita mag'lubiyat qabul qilib olgandi. Beshinchi turda Sindarovning sekundanti bo'lgan Muhiddin yana muhim va shov-shuvli g'alabani tantana qildi. U qora donalarda o'ynaganiga qaramay, ozarbayjonlik taniqli grossmeyster SHaxriyar Mamedyarovni taslim etdi. 

Yana bir grossmeyterimiz SHamsiddin Vohidov ham sensaciya muallifiga aylandi. U blic bo'yicha jahon chempioni, rossiyalik mashhur shaxmatchi Yan Nepomnyashiyni mag'lub etishni uddaladi. SHamsiddin o'tgan yili ham Yandan ustun kelgan edi.   

Beshinchi turning qolgan uchta partiyasida kuchlar teng keldi. Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Arjun Erigaisi, Nodirbek Yakubboev greciyalik Nikolas Teodoru, hindistonlik yana bir grossmeyster Vidit Santosh Gujrathi amerikalik Hans Mok Niemann bilan murosaga keldi. 

Beshinchi turdan keyin SHamsiddin Vohidov 3,5 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadamga aylanib oldi. Arjun Ergaisi, Nodirbek Abdusattorov va Muhiddin Madaminov hisobida 3 ochkodan bor. Nodirbek Yakubboev va Hans Niemann 2,5 ochkodan jamg'arib, mos ravishda beshinchi hamda oltinchi o'rinni band etgan. Nikolas Teodoru, Yan Nepomnyashiy va SHaxriyar Mamedyarov 2 ochko bilan keyingi o'rinlarda bormoqda. Vidit Santosh 1,5 ochko jamg'argan holda so'nggi o'rinda qoldi. 

Bugun 6-turda SHamsiddin Vohidov oq donalarda Nodirbek Yakubboevga, Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Hans Niemannga, Muhiddin Madaminov oq donalarda Vidit Santoshga qarshi bahs olib boradi. Oltinchi turda, shuningdek, Yan Nepomnyashiy - Arjun Ergaisi hamda Nikolas Teodoru - SHaxriyar Mamedyarov uchrashuvlari ham o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing