So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

11 iyu 12:17
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup III. SHov-shuv ko'targan Madaminovda ketma-ket ikkinchi mag'lubiyat, Vohidov peshqadam!

Poytaxtimiz mezbonligida o'tayotgan mukofot jamg'armasi 121 500 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli shaxmat turnirida 4-tur ortda qoldi.

Uchinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup III musobaqasi “Masters”, “Challengers” va “Futures” guruhlarida o'tkazilmoqda. Bosh sovrin uchun dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari bahs olib boryapti. 

To'qqiz turdan iborat klassik shaxmat musobaqasining dastlabki ikki turida nomdor raqiblarini mag'lub etib, katta shov-shuv ko'targan Muhiddin Madaminov ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. 3-turda yana bir grossmeyterimiz SHamsiddin Vohidovga yutqazgan Madaminov 4-turda Nodirbek Yakubboevga ham yutqazdi. 

Nodirbek Abdusattorov muqarrar mag'lubiyatga kelib qolgan partiyani qutqarib qoldi, u rossiyalik Yan Nepomnyashiy bilan durangga erisha oldi. Qatorasiga ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritgan SHamsiddin Vohidov qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamga aylandi. U qora donalarda o'ynaganiga qaramay, greciyalik grossmeyster Nikolas Teodoruni mag'lubiyatga uchratdi. 

Blic bo'yicha jahon chempioni, bir paytlar dunyo reytingida ikkinchi o'rinni egallagan ozarbayjonlik SHaxriyar Mamedyarov qora donalarda amerikalik Hans Mok Niemann bilan murosaga keldi. Hindistonlik Vidit Santosh Gujrathi ham qora donalarda vatandoshi Arjun Ergaisi bilan durang o'ynadi. 

To'rtinchi turdan keyin Muhiddin Madaminov 1-o'rindan 6-pog'onaga tushib ketdi. SHamsiddin Vohidov 2,5 ochko bilan birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Arjun Erigaisi va Nodirbek Abdusattorov hisobida ham 2,5 ochko bor. Ular mos ravishda ikkinchi va uchinchi o'rinni band etishgan. Nodirbek Yakubboev, Hans Niemann, Muhiddin Madaminov, SHaxriyar Mamedyarov va Yan Nepomnyashiy hisobida 2 ochkodan bor. Nikolas Teodoru 1,5 ochko bilan 9-pog'onadan joy olgan bo'lsa, Vidit Santosh 1 ochko jamg'argan holda so'nggi o'rinni band etgan. 

Bugun 5-turda SHamsiddin Vohidov oq donalarda Yan Nepomnyashiy sinovidan o'tadi. Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Ardun Erigaisiga qarshi bahs olib boradi.  Muhiddin Madaminov qora donalarda SHaxriyar Mamedyarov, Nodirbek Yakubboev Nikolas Teodoru bilan hisob-kitob qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing