07 iyu 13:05
Yangiliklar
SHaxmat
UzChess Cup III turniri boshlanmoqda. Ilk turdayoq Nodirbeklar to'qnashuvi
Bugun poytaxtimizda mukofot jamg'armasi 121 500 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli shaxmat turniri start oladi.
Uchinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup III musobaqasi “Masters”, “Challengers” va “Futures” guruhlarida o'tkaziladi. Bosh sovrin uchun dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari bahslarga kirishadi. To'qqiz turdan iborat klassik shaxmat musobaqasining 1-tur partiyalari bugun soat 15:00da boshlanadi.
Qura natijasiga ko'ra, Nodirbek Abdusattorov 1-turda yana bir grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboevga qarshi qora donalarda o'ynaydi. Muhiddin Madaminov oq donalarda rossiyalik taniqli shaxmat Yan Nepomnyashiy sinovidan o'tadi. SHamsiddin Vohidov hindistonlik Arjun Ergaisi bilan hisob-kitob qiladi.

Havola :
Fikrlar