So’nggi yangiliklar

18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 22:41Ислам Махачевнинг спарринг шериги UFC'да дебют қилди 0 22:08UFC Абу-Даби. Ризван Куниев америкалик рақибини аямади 0

10 iyu 09:50
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup III. Vohidov Madaminovni to'xtatdi. Abdusattorov hind grossmeysterini sinovdan o'tkazdi

Poytaxtimiz mezbonligida o'tayotgan mukofot jamg'armasi 121 500 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli shaxmat turnirida 3-tur partiyalari o'ynaldi.

Uchinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup III musobaqasi “Masters”, “Challengers” va “Futures” guruhlarida o'tkazilmoqda. Bosh sovrin uchun dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari bahs olib boryapti. 

To'qqiz turdan iborat klassik shaxmat musobaqasining dastlabki ikki turida nomdor raqiblarini mag'lub etib, katta shov-shuv ko'targan Muhiddin Madaminov 3-turda yana bir grossmeyterimiz SHamsiddin Vohidov bilan hisob-kitob qildi. Qora donalarda o'ynagan Muhiddin bu uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi, lekin qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi.  

Nodirbek Abdusattorov 2-turda ozarbayjonlik taniqli shaxmatchi, blic bo'yicha jahon chempioni, bir paytlar dunyo reytingida ikkinchi o'rinni egallagan SHaxriyar Mamedyarovni mag'lubiyatga uchratgandi. Kecha Abdusattorov qora donalarda hindistonlik Vidit Santosh Gujrathi bilan murosaga keldi. 

Nodirbek Yakubboev oq donalarda amerikalik Hans Mok Niemann bilan durang qayd etdi. Qolgan partiyalarda ham tomonlar durangga imzo chekishdi. Hindistonlik Arjun Ergaisi SHaxriyar Mamedyarov bilan, Nikolas Teodoru Yan Nepomnyashiy bilan ochkolarni bo'lishib oldi. 

Uchinchi turdan keyin Muhiddin Madaminov 2 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamligini davom ettirmoqda. Nodirbek Abdusattorov va Arjun Ergaisi hisobida ham 2 ochkodan bor, ular kuchli uchlikni yakunba berishgan. Nikolas Teodoru, Hans Niemann, Yan Nepomnyashiy, SHamsiddin Vohidov, SHaxriyar Mamedyarov hisobida 1,5 ochkodan bor. Nodirbek Yakubboev 1 ochko bilan 9-pog'onadan joy olgan bo'lsa, Vidit Santosh 0,5 ochko jamg'argan holda so'nggi o'rinni band etgan. 

Bugun 4-turda Muhiddin Madaminov oq donalarda yana bir hamyurtimiz Nodirbek Yakubboevga qarshi bahs olib boradi. Nodirbek Abdusattorov qora donalarda rossiyalik Yan Nepomnyashiy bilan hisob-kitob qiladi. SHamsiddin Vohidovni qora donalarda greciyalik Nikolas Teodoruga qarshi uchrashuv kutmoqda. 

Malumot uchun, "Masters" turniri chempioni 20 000, “Challengers” guruhi g'olibi 6 000, “Futures”da bosh sovringa ega chiqqan shaxmatchi esa 4 000 AQSH dollari miqdorida mukofot pulini qo'lga kiritadi. "Masters" turnirida ikkinchi o'rin egasi 15 000, sovrinli uchinchi pog'onadan joy olgan shaxmatchi 10 000 dollar bilan taqdirlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing