So’nggi yangiliklar

09:27Арман Царукян камар учун кечган жангда илк бор ютқазди 0 08:58Камару Усманнинг мағлубияти ҳамда бешта "финиш" қайд этилган UFC Fight Night 281 турнирининг барча натижалари 0 08:26UFC Fight Night 281. Камару Усман ва Дю Плесси иштирокидаги асосий жанг тўлиқ давом этди + ФОТО 0 08:01Дешам Франция терма жамоаси бошқарувидаги сўнгги ўйинда инглизлардан қабул қилинган мағлубиятни изоҳлади 0 18:30"Яхши ишлаяпти". Дана Уайт Арман Царукянни UFC'нинг энг йирик юлдузлари қаторига қўшди 0 17:48"Стрикленд Чимаев билан реванш ўтказмаслиги ҳам мумкин" - Дана Уайт 0 17:05"Гэтжи фаолиятини якунлаши ва камарни бўшатиши керак" - Арман Царукян 0 16:24Расман: Пьер-Эмерик Обамеянг Испанияга қайтди 0 15:55Конор яна Холлоуэй билан жанг истамоқда, Дана Уайт эса бунга муносабат билдирди 0 14:56Гусковга ягона мағлубиятини тақдим этган Ўздемир 16 ойга дисквалификация қилинди 0 14:28Конор Макгрегор UFC’даги навбатдаги рақибини эълон қилди 0 13:52Луис де ла Фуэнте Испания ЖЧ-2026 финалида Мессини қандай тўхтатмоқчи эканлигини айтди 0 13:19"Кучли бўлиб қайтаман" – Муроджон Аҳмадалиев операция қилинди (ФОТО) 0 12:54Бугун ёшлар ўртасида Осиё чемпионати старт олади. Илк кун 10 нафар дзюдочимиз татамига чиқади 0 12:25UFC Fight Night 281 тарози натижалари, икки жангчи вазн қила олмади 0

25 iyu 16:04
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup. Nig'matov peshqadam, Abdusattorovga taqibchilar etib olishdi, 7-tur juftliklari va turnir jadvallari bilan tanishing

Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha UzChess Cup turnirining ayni daqiqalarda 7-tur uchrashuvlari o'tkazilmoqda.

Kuchlilar jam bo'lgan Masters guruhining 7-turida turnir jadvalida 4 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra uchinchi o'ringga tushib qolgan Nodirbek Abdusattorov oq donalarda eronlik Parham Maqsudluga qarshi bahs olib boryapti. Kechagi Nodirbek Yakubboevdan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan Abdusattorovning taqibchilari unumli foydalanib qolishdi. Parham 4 ochko bilan 2-o'ringa ko'tarilib oldi.  

Javohir Sindarov bilan durang o'ynagan hindistonlik Arjun Ergaisi ham ochkolarini 4 taga etkazib, turnir jadvalida qo'shimcha koeficentlarga ko'ra peshqadamlikni o'z qo'liga oldi. Sindarov ayni daqiqalarda oq donalarda hindistonlik Aravindh CHitambaram bilan hisob-kitob qilyapti. Dunyoning beshinchi raqamli shaxmatchisi Arjun Ergaisi vengriyalik Richard Rapport bilan o'ynayapti. 

UzChess Cup. Masters guruhi. 7-tur juftliklari

Yan Nepomnyashiy — Rameshbabu Praggnanandhaa 

Nodirbek Abdusattorov — Parham Maqsudu 

SHamsiddin Vohidov — Nodirbek Yakubboev

Javohir Sindarov — Aravindh CHitambaram 

Richard Rapport — Arjun Erigaisi  

Challengers guruhida 6-turdan so'ng greciyalik Nikolas Teodorou peshqadamlikni mustahkamlab oldi. Uning hisobida 5 ochko bor. Amerikalik Endryu Hong 4 ochko bilan 2-o'rinni band etgan. Hamyurtimiz Muhiddin Madaminov 3,5 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan. SHveciyalik Vitaliy Sivuk va ukrainalik Vasiliy Ivanchuk 3 ochko bilan keyingi o'rinlarda borishmoqda. Jahongir Vohidov hisobida 2,5 ochko bor. 

Hozir o'tkazilayotgan 7-turda Muhiddin Madaminov Endryu Hongga qarshi oq donalarda o'ynayapti. Gulruhbegim Tohirjonova ham oq dolarada Vitaliy Sivuk bilan hisob-kitob qilmoqda. Muhammadzohid Suyarov o'zbek derbisida Jahongir Vohidov bilan to'qnash kelgan. Teodorou ozarbayjonlik Nijat Abasovni sinovdan o'tkazmoqda. 

UzChess Cup. Challengers guruhi. 7-tur juftliklari

Muhiddin Madaminov — Endryu Hong 

Gulruhbegim Tohirjonova — Vitaliy Sivuk

Jahongir Vohidov — Muhammadzohid Suyarov  

Nijat Abasov — Nikolas Teodorou    

Vasiliy Ivanchuk — Ma Kun  

Futures guruhida 4,5 ochko bilan yakka peshqadamlik qilayotgan hamyurtimiz Ortiq Nig'matov 7-turda daniyalik Boris CHatalbashevga qarshi qora donalarda o'ynamoqda. Yana bir grossmeysterimiz Abdumalik Abdisalimov o'zbek derbisida Humoyun Begmuratovga qarshi bahs olib bormoqda. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3,5 ochko bilan ikkinchi o'rinda borayotgan turkmanistonlik Saparmirat Atabaev hamyurtimiz Saidakbar Saydaliev bilan to'qnash kelmoqda. 

UzChess Cup. Futures guruhi. 7-tur juftliklari

Saparmirat Atabaev — Saidakbar Saydaliev 

Robert Rak — Klementi Sichev    

Abdimalik Abdisalimov — Humoyun Begmuratov  

Alan Pichot —Evgeniy Alekseev 

Ortiq Nig'matov — Boris CHatalbashev  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing