09 iyu 20:19
Yangiliklar
"Uzchess Cup". Nodirbek Yakubboevda ajoyib g'alaba, u Parham Maqsudluni taslim etdi
Mukofot jamg'armasi 166 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada bugun 4-tur uchrashuvlari o'tkazilmoqda. Turnirning "Masters" guruhi 4-turida istedodli grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev (2634) Eronning birinchi raqamli shaxmatchisi, "Uzchess Cup" turnirida uchinchi raqam ostida tasniflangan Parham Maqsudlu o'rtasida bo'lib o'tdi.
Murosasiz kechgan bahsda Parham mot bo'lishiga ikki yurish qolgan bir pallada mag'lubiyatini tan olishga majbur bo'ldi. O'tgan hafta Qozog'istondagi nufuzli turnirda chempion bo'lgan Parham Maqsudlu Nodirbek Abdusattorovdan keyin Nodirbek Yakubboevga ham imkoniyatni boy berdi. Bugungi g'alabadan so'ng Yakubboev 3 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi.
Fikrlar