So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

13 iyu 10:32
Yangiliklar

SHaxmat

"Uzchess Cup". Nodirbeklar qo'shhokim, derbida durang, Suyarovda ilk mag'lubiyat, SHamsiddin peshqadamni taslim etdi

SHu kunlarda poytaxtimiz shaxmat yulduzlari ishtirokidagi "Uzchess Cup" superturniriga mezbonlik qilmoqda.

Mukofot jamg'armasi 166 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada 7-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Quvonarlisi, aynan ushbu turdan keyin turnirning uchchala guruhi - "Masters", "Challengers" va "Futures"da o'zbekistonlik shaxmatchilar peshqadamlikni o'z qo'llariga olishdi. SHu kungacha "Masters" va "Futures"da hamyurtlarimiz karvonboshilik qilishayotgandi. 

Kecha "Challengers" guruhining markaziy uchrashuvida SHamsiddin Vohidov shu kungacha peshqadam bo'lib kelgan serbiyalik Aleksandar Indjichni mag'lubiyatga uchratdi va 5 ochko bilan 1-o'ringa ko'tarilib oldi. Serbiyaliklar Indjich va Aleksandr Predke hisobida 4,5 tadan ochko bor va ular kuchli uchlikka yakun yasashgan. Bu turda Jahongir Vohidov qora donalarda o'ynashiga qaramay, germaniyalik Aleksandr Donchenkoni engishga muvaffaq bo'ldi. 

Kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhining 7-turida ham o'zbek derbisi kuzatildi va juda tez yakunlandi. Istedodli grossmeysterlarimiz Nodirbek Yakubboev va Javohir Sindarov o'zaro uchrashuvda durangga imzo chekishdi. Nodirbek Abdusattorov ketma-ket ikki g'alabadan keyin bu turda murosaga keldi. U oq donalarda ruminiyalik Richard Rappord bilan durang qayd etdi. O'tgan turda Abdusattorovga yutqazgan xitoylik YU Yang Yi bor alamini eronlik Parham Maqsudludan oldi. 

Sakkizinchi tur oldidan "Masters" guruhida qo'shhokimlik saqlanib qoldi. Nodirbek Yakubboev va Nodirbek Abdusattorov 4,5 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilishyapti. Javohir Sindarov 4 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan. YU Yang Yi ham kechagi g'alabada keyin ochkolarini 4 taga etkazib oldi. Richard Rappord va Aleksey Sarana hisobida 3,5 tadan ochko bor. 

"Futures" guruhining 7-turida Muhammadzohid Suyarov (2430) ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Ketma-ket to'rtta g'alabadan keyin turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib olgan yosh Muhammadzohid bu turda qora donalarda ozarbayjonlik Vugar Rasulovga yutqazib qo'ydi. SHunga qaramay, Suyarov 5 ochko bilan peshqadamligini saqlab qoldi. Rasulov kechagi g'alabasi evaziga 4,5 ochko bilan 2-o'ringa ko'tarilib oldi. Hamyurtlarimiz Muhiddin Madaminov va Saidakbar Saydaliev hisobida ham 4,5 ochkodan bor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing