So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

14 iyu 11:54
Yangiliklar

SHaxmat

"Uzchess Cup". Peshqadamlik shaxmatchilarimizga chempionlikni taqdim etadimi? Bugun co'nggi 9-turda hammasi hal bo'ladi

Bugun Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat yulduzlari ishtirokidagi "Uzchess Cup" superturniri o'z yakuniga etadi.

Mukofot jamg'armasi 166 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada bugun so'nggi 9-tur partiyalari o'ynaladi. Bugungi uchrashuvlar soat 12:00da boshlanadi. "Masters" guruhida 5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamlik qilayotgan Nodirbek Abdusattorov (2766) 4,5 ochkoga ega bo'lib turgan serbiyalik Aleksey Sarana (2712)ga qarshi oq donalarda o'ynaydi. 

Ikkinchi pog'onadan joy olgan Nodirbek Yakubboev (2634) oq donalarda YU Yang Yi (Xitoy, 2715) bilan hisob-kitob qiladi. Yang 4,5 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi. To'rt ochkoga ega Javohir Sindarov (2688) esa oq donalarda Aleksandr Grishuk (FIDE, 2719) bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. 

"Uzchess Cup". "Masters" guruhi. 9-tur juftliklari

Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2766) - Aleksey Sarana (Serbiya, 2712) 

Parham Maqsudlu (Eron, 2733) - Vidit Santosh Gujrathi (Hindiston, 2721) 

SHaxriyar Mamedyarov (Ozarbayjon, 2734) - Richard Rapport (Ruminiya, 2715) 

Nodirbek Yakubboev (O'zbekiston, 2634) - YU Yang Yi (Xitoy, 2715) 

Javohir Sindarov (O'zbekiston, 2668) - Aleksandr Grishuk (FIDE, 2719) 

"Challengers" guruhining 9-turida turnir jadvalida peshqadam bo'lib turgan hamyurtimiz SHamsiddin Vohidov (2624) oq donalarda Abhijit Gupta (Hindiston, 2589) bilan munosabatiga oydinlik kiritib oladi. SHamsiddin singari 5,5 ochkoga ega va ikkinchi o'rinni egallab turgan Aleksandr Predke (Serbiya, 2667) qora donalarda germaniyalik Aleksandr Donchenko (2639)ga qarshi bahs olib boradi. Yana bir grossmeysterimiz Jahongir Vohidov (2580) esa so'nggi turda qora donalarda norvegiyalik grossmeyster Evgeniy Romanov (2577) bilan hisob-kitob qiladi. 

"Futures" guruhida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 1-o'rinda borayotgan istedodli shaxmatchimiz Muhammadzohid Suyarov (2430) 9-turda yana bir hamyurtimiz Saidakbar Saydaliev (2448)ga qarshi qora donalarda harakat qiladi. Saidakbar Muhammadzohidning chempion bo'lishiga to'sqinlik qilarmikan? Buni bugungi partiya ko'rsatib beradi. Qizig'i, Suyarov singari 5,5 ochkoga ega bo'lib turgan Vitaliy Sivuk (SHveciya, 2569) va Bardiya Daneshvar (Eron, 2611) so'nggi 9-turda o'zaro to'qnash kelishadi. Bu Suyarov uchun ayni muddao.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing